Nayman adirlari

Nayman adirlari — Farg’ona viloyatidagi adirlar. Fargona vodiysida, Karkidon suv omborining shimoli g’arbi, Qoraadir tog’larining Janubi-g’arbida joylashgan. Balandligi 725-750 metr, yuqori pliosen-quyi to’rtlamchi davrning Alevrolit, konglomerat, gil, qumtoshlaridan tuzilgan. Adirlar o’rtacha parchalangan. Janubdan boshlanuvchi soy o’zanlari ularni bir necha joyda kesib o’tgan. Yuvilgan to’q bo’z tuproklarda efemerlar, efemeroidlar, shuvoq keng tarqalgan. Yayov chorvachiligida foydalaniladi.