Nefteprovod, neft quvuri

Nefteprovod, neft quvuri — neft va neft mahsulotlari yuboriladigan inshootlar (yer osti va suv osti quvurlari, nasos stansiyalari, neft saqlanadigan joylar, har xil surilmalar). Nefteprovod orqali neft yuborish transportning boshqa turlariga nisbatan qulay va arzon bo`lib, isrofgarchilikni kamaytiradi. Hozirgi kunda 50 ming km dan ortiq nefteprovod bor.