Niger
Rasmiy nomi — Niger Respublikasi. Poytaxti — Niamey. Hududi — 1267000 km.kv. Aholisi – 13,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili fransuz. Dini — musulmon sunniylari (80%), majusiylik (14%). xristianlik(1%). Pul birligi — afrika franki. Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. Janubda Nigeriya (chegara uzunligi 1497 km) va Benin (266 km), sharqda Chad (1175 km), shimolda Jazoir (956 km) va Liviya (354 km), g‘arbda Mali (821 km) va Burkina-Faso (628 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5697 km. Nigerning katta qismi dunyodagi eng yirik cho‘l — Sahroi Kabir hududida joylashgan. Relyefi 200-500 m gacha bo’lgan yassitog‘likdan iborat. Mamlakatning markaziy qismida tog‘li massivlari bo’lgan Air yassitog’ligi joylashgan. Bu yerda Nigerning eng yuqori nuqtasi Indukaln-Tages (222 m) joylashgan. Mamlakatning sharqiy qismini qumli cho‘l — Tenera egallagan. Asosiy daryosi — Niger. Mamlakat hududida uran, temir rudasi, qo’rg’oshin va fosfat konlari mavjud. Iqlimi — tropik. Nigerning o’simlik dunyosi va hayvonot dunyosi juda kambag’al. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 7 ta departamentga bo’lingan. Mamlakat 1960-yil 3-avgustda mustaqillik olgan (ilgari Fransiyaning dengizorti hududi bo’lgan). Qonunchilik fransuz umumiy huquqiga asoslangan. Mamlakat respublika deb e’lon qilingan kun — 18-dekabr (1958-yil) Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig’i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ — Milliy yig’in. 30 dan ortiq siyosiy partiyalardan eng yiriklari — Raxama ijtimoiy va demokratik konventi, Nasara jamiyat taraqqiyoti milliy harakati, Demokratiya va sotsializm uchun Taraya Niger partiyasi, Vatanparvarlar demokratik va taraqqiyot partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligi bo’lib, u YIMning 40% ini ta’minlaydi. Aholining 90% i qishloq xo’jaligida band. Muhim qishloq xo’jaligi ekinlari paxta, sorgo, mil, nebe, sholi, yong’oq hisoblanadi. Sanoatning asosiy sohasi tog`-kon sanoatidir (uran qazib olish). Muhim savdo hamkorlari — Fransiya, Nigeriya, Italiya, Germaniya. Avtomobil yo‘llarining uzunligi 39970 km (shundan 371 km qattiq qoplamali yo‘llar), ichki suv yo‘llari — 300 km. Tarixi. Hozirgi Nigerning sharqiy qismi X asrdan XIX asrgacha Bornu qirolligining markazi boigan. Janubida esa X asrdan boshlab Xaus imperiyasi o‘z hududlarini kengaytirgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mamlakatga 1795-yili shotlandlar kelishdi. XIX asr oxirida Niger Fransiya tomonidan bosib olindi va 1922-yili fransuz g‘arbiy Afrikasi tarkibiga qo‘shildi. 1946-yili unga Fransiyaning dengizorti hududi maqomi berildi. Niger 1963-yili 3-avgustda mustaqil respublika deb e’lon qilindi.