NO’G’OYEV NAJIB NU’MONOVICH

NO’G’OYEV NAJIB NU’MONOVICH (1910, Ulyanovsk viloyati, Staraya Kultatka posyolkasi — 1964.6.5, Shaxrisabz) — 2-jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1941 yildan armiya safida. 1669-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki (dasht frontining 7-gvardiyachi armiyasi)ning to’p navodchigi. 1943 yil 5 oktabrda Dnepropetrovsk viloyatining Verxnedneprovsk tumanidagi Borodayevka qishlog’i atrofidagi jangda dushmanning 4 ta tankini yakson qilgan, 3 Minomyot batareyasi, 6 pulemyot nuqtasi o’tini o’chirgan, yuk ortilgan 2 avtomashinasini yuki bilan, 100 ga yaqin gitlerchini yakson qilgan. 1943 yil 26 oktabrda qahramon unvoni berilgan. Shahrisabzdagi ko’chalardan biriga uning nomi berilgan va byusti o’rnatilgan.