Nurmanov Mengliboy

Nurmanov Mengliboy (1947.15.6, Chimboy tumani -2001.27.1, Bo’zatov tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qoraqalpog’iston pedagogika institutini tugatgan (1967). 1969 yildan Bo’zatov tumanidagi maktablarda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1998 yildan 17-maktab direktori o’rinbosari bo’lib ishlagan.