Nyuton halqasi

Nyuton halqasi — shisha plastinkaning yassi sirtiga tegib turgan yassi-qavariq linzadan o’tayotgan yorug’likning qaytishi (sinishi) dan hosil bo’lgan interferentsion halqasimon yo’llar. Birinchi marta 1675 yilda I. Nyuton kashf qilgan. Halqalar diametri kattalashgan sari ularning zichligi ortadi va halqalar polosasi kengligi, ya’ni ikki qo’shni halqa orasidagi masofa kichiklashadi. Nyuton halqasi maxsus mikroskopda kuzatilgan. Mikroskop stolida yassi shisha plastinka joylashgan, uning ustiga egriligi kichik qavariq linza qo’yilgan. Mikroskopda shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar yo’nalishda kuzatish olib boriladi. Manba L dan chiqayotgan yorug’lik shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar tushishi uchun mm shisha plastinkani mikroskop o’qiga 45° burchak ostida qo’yiladi. Shunday qilib, interferentsion manzara shu shisha plastinkadan kuzatiladi. Plastinka Nyuton halqasini kuzatishga xalaqit bermaydi, chunki undan etarli darajada yoruglik o’tadi. Nyuton halqasi sferik va yassi sirtlarning shaklini to’g’rilashni tekshirish va boshqalarda qo’llaniladi.