OBOROT SOLIG’I
OBOROT SOLIG’I — ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo’yicha aniqlanadi: l) chakana baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona ulgurji bahosi o’rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi (savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3) mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik zanjirning oxiridagi mahsulotdan olinadi (masalan, cho’yan rudasidan emas, balki muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, O’zbekiston kabi mamlakatlarda bu soliqdan qo’shilgan qiymat solig’iga o’tilgan bo’lsa, AQSHda uning o’rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy etilgan.