Obrenovichlar

Obrenovichlar — Serbiyadagi knyazlar (1815-42, 1858-82), so’ngra qirollar (1882-1903) sulolasi. Asoschisi — Milosh Obrenovich. 1842 yil mamlakatdan quvg’in qilingan; 1858 yil Serbiya taxtiga qayta tiklangan. Obrenovichlar sulolasi hukmdorlari: Milosh (1815-39, 1858- 60); Mixail (1839-42, 1860— 68); Milan (1868 — 89, 1882 yildan qirol); Aleksandr (1889-1903). Obrenovichlarning so’nggi vakili — Aleksandr Karageorgiyevichlar tarafdorlari bo’lgan zobitlar guruhi tomonidan o’ldirilgan.