Ochamayli, Achamayli, Ochamoyli, Ashamoyli

Ochamayli, Achamayli, Ochamoyli, Ashamoyli — 1) o’zbeklarning Do’rmon, kenagas, Nayman, qo’ng’irot, Qurama, yuz kabililari tarkibiga kirgan yirik urug’lardan biri, qozoqlar va qoraqalpoqlar tarkibida ham bor; 2) o’zbek qo’ng’irotlari va qoraqalpoq qo’ng’irotlariga mansub qabila. Bu qabila qoraqalpoq qo’ng’irotlarining Shulluk bo’limi tarkibiga kiradi. Ochamayli qabilasi 13 urug’dan tashkil topgan. Ular 19-asrning o’rtalarida 750 ga yaqin xo’jalikdan iborat bo’lgan.