Odilov Ahmad Odilovich
Odilov Ahmad Odilovich (1928.21.7, Toshkent) — sozanda (chang), pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1952). O’zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg’u asboblari orkestri sozandasi (1943-57), Toshkent musiqa bilim yurtida o’qituvchi (1944— 82) va direktor (1957-60). O’zbekiston davlat konservatoriyasida o’qituvchi (1948 yildan), professor (1977), changchilar ansambli tashkilotchisi va rahbari (1971 yildan). Ijro uslubi yuqori badiiy-texnik mahoratiga asoslangan. Keng qamrovli kontsert repertuarida o’zbek xalq kuylari («Gulbahor», «Tanavor», «Sharof 1-2», «Jazoir», «kurd» va boshqalar) va, ayniqsa, o’zbek va chet el kompozitorlari asarlari keng o’rin olgan. Chang uchun darsliklar, qo’llanmalar muallifi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Ad.: Lutfullayev A., Ahmadjon Odilov, T., 1998.