O’G’UZ TILI
O’G’UZ TILI — turkiy tillar oilasining o’g’uz tillari guruhiga mansub o’lik til; 10-11-asrlarda mavjud bo’lgan o’g’uz (o’g’uz, to’qqiz o’g’uz, o’n o’g’uz) qabilalarining og’zaki so’zlashuv tili. O’g’uz tili haqidagi dastlabki ma’lumotlar Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida uchraydi. Jamoliddin ibn Muhannaning «Hilyat ulinson va xalibat ullison» («Inson ziynati va til jozibasi», 13-asr oxiri) asarida ham O’g’uz tili xususiyatlari boshqa turkiy tillarga qiyoslab izohlanadi. Bu davrdagi O’g’uz tili o’z fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko’ra qipchoq tillariga ancha yaqin, chunki qadimda qipchoq va o’g’uz tillari bitta — qipchoq-o’g’uz tilidan paydo bo’lgan. 10-11-asrlarda O’g’uz tili keyinchalik 3 tar 5 oqqa ajralib rivojlangan o’g’uzlar uchun asos til (bobo til) bo’lib qolgan: Sharqiy (yoki asosiy) tarmoq o’g’uzlarida oxirgi davrlarda turkman va truxmen tillari; shim. tarmoq o’g’uzlarida ilk davrlarda qadimiy o’z va bijanak tillari, keyingi davrda gagauz tili; Janun tarmoq o’g’uzlarida ilk davrlarda eski Ozarbayjon, eski Usmonli turk tillari, keyinchalik Ozarbayjon, turk tillari, qrimtatar tilining Janun lahjasi paydo bo’lgan. O’zbek tilining o’g’uz lahjasi doirasidagi shevalar ham genetik jihatdan O’g’uz tiliga borib taqaladi.