Olimp tog’i

Olimp tog’i — Gretsiyadagi eng baland tog’ massivi. Egey dengizining Termaikos qo’ltig’i sohilida. Eng baland joyi 2917 metr. Ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Tik yon bag’irlarida dara ko’p. Keng bargli va igna bargli o’rmonlar bor. Cho’qqilarida qishda qor bo’ladi. Milliy bog’tashkil etilgan. Yunon afsonalarida Olimp tog’i muqaddas tog’, xudolar makoni hisoblangan.