Optik tasvir

Optik tasvir — biron bir ob’yektning shu ob’yekt chiqarayotgan yoki qaytarayotgan yorug’lik nurlariga optik tizim ta’sir qilishi natijasida hosil bo’ladigan tasviri. Optik tasvir haqiqiy va tasavvurdagi xillarga bo’linadi. Haqiqiy Optik tasvir uchrashuvi nurlar dastasi kesishgan nuqtada hosil bo’ladi. Bu tasvirni ekranda hosil qilish mumkin. Tasavvurdagi Optik tasvirni ekranda hosil qilib bo’lmaydi, chunki ba’zi hollarda optik tizimdan chiqqan nurlar uchrashmaydi. Optik tasvirda ob’yektning qiyofasi va detallari bir oz buzilib chiqadi. Bunga aberratsiya sabab bo’ladi.