Oqcha baliqlar
Oqcha baliqlar (Abramis) — karpsimonlar oilasiga mansub, yarim o’tkinchi va o’troq baliklar urug’i. Tanasining qorin suzgichidan keyingi turtib chiqqan qismi tangachasiz, anal suzgichi uzun. 3 turi bor. Yevrosiyo suv havzalarida uchraydi. Ular orasida oq baliq keng tarqalgan; O’zbekistonda Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo va ularning irmog’ida yashaydi. Uzunligi 50 santimetrgacha, vazni 5 kilogrammgacha. Bu tur oq dengiz, Boltiq, Barents va boshqalar. Shimoliy dengizlar, qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari havzalarida yarim o’tkinchi va o’troq formalarni hosil qiladi. G’arbiy Sibirning ayrim ko’llarida akklimatizatsiya qilingan. Yarim o’tkinchi Oqcha baliqlar 3-4 yilda, o’troq Oqcha baliqlar 5-8 yilda voyaga yetadi, aprel—mayda 68-390 minggacha tuxum ko’yadi. Sanoat miqyosida ovlanadi.