Ordjonikidze Grigoriy Konstantinovich
Ordjonikidze Grigoriy Konstantinovich [1886.12(24).10, Kutaisi gubernyasi Sharopansk uezdi — 1937.18.2, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni o’rnatish ishtirokchisi. 1922 yil aprel—mayda Turkistonda bo’lib, bu yerda sovet rejimi va Qizil armiyaga karshi kurashayotgan milliy kuchlarni tor-mor qilish rejalarini ishlab chiqqan. Ordjonikidze RKP (b) MK Turkiston byurosi o’rnida O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzishning tashabbuskori (1922 yil may). VKP (b) MK siyosiy byurosi a’zosi (1930 yildan). SSSR ni industrlashtirishda katta kuch-g’ayrat sarflagan. Ommaviy qatag’onlar davrida I. V. Stalin bilan ixtilofga borgan va o’zini otib o’ldirgan. Ad.: Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.