Orisaba, Sitlaltepetl

Orisaba, Sitlaltepetl — Meksikadagi harakatdagi vulkan, Meksika tog’ligining Janubiy-Sharqiy chekkasida. Balandligi 5700 metr (mamlakatdagi eng baland cho’qqi). Andezit va bazalt jinslardan tuzilgan. 1545, 1566, 1630, 1687 yillarda kuchli otilgan. Yon bag’ri 4000 metr balandlikkacha o’rmon, undan yuqorida Alp o’tloqlari; 4500 metrdan abadiy qor qoplami boshlanadi.