Orissa

Orissa (oriya xalqi nomidan) — Hindistonning Sharqiy qismidagi shtat (1947 yildan). Maydoni 156 ming km2. Aholisi 36,7 million kishi, aksari qismi oriyalar. Ma’muriy markazi — Bxubaneshvar shahri. Shtatning katta qismi Dekan yassi-tog’ligida (o’rtacha balandligi 200-700 metr). Janubda Sharqiy Gattog’lari (balandligi 1000— 1500 metr) bor. Sharqi Bengaliya qo’ltig’i-gatutash. Sohili pasttekislik. Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim. Yillik o’rtacha temperatura 18-25°. Yillik yog’in 1500 mm gacha. Tog’yon bag’irlari tropik o’rmonlar, sohillari qisman mangra o’rmonlari bilan qoplangan. Orissa — sanoati rivojlanib borayotgan agrar shtat. Aholisining katta qismi qishloq xo’jaligida band. Haydashga yaroqli yerlarning 57% dan foydalaniladi, shundan 15% sug’oriladi. Sholi, shuningdek, tariq, shakarqamish, jut, bir oz paxta va boshqa ekinlar ekiladi. Sohilga yaqin suvlardan baliqovlanadi. Energetika resurslaridan deyarli foydalanilmaydi. Marganes, temir va xrom rudalari qazib olinadi. Qora metallurgiya va mineral o’g’itlar, alyuminiy zavodlari, kabel va prokat ishlab chiqaruvchi korxonalar, ferromarganes, tsement zavodlari bor. Hunarmandchilikda badiiy buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Qadimda Orissa hududi o’rnida Kalinga davlati bo’lgan. 16-asrgacha Orissa turli davlatlar tarkibida bo’lib keldi. 1576 yilda Orissa ni Boburiylar egallagan. 1803 yilda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olgan. 1817-18 yillarda Orissa hududida ingliz mustamlakachilariga qarshi katta qo’zg’olonlar bo’lgan.