Osmotik bosim
Osmotik bosim, diffuziya bosimi — suyuqlikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo bo’ladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma orasiga qo’yilgan yarim o’tkazuvchi (o’zidan erituvchini o’tkazib, erigan moddani o’tkazmaydigan) parda va osmometr yordamida aniklanadi. Osmotik bosim eritmada erigan modsaning kontsentrasiyasini o’ta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga so’rilishini yuzaga keltirib chiqaradi. Osmotik bosim bir xil bo’lgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshqasinikiga nisbatan yuqori bo’lsa, gipertonik, past bo’lsa gipotonik eritma deyiladi. Osmotik bosimni o’lchash usullari va texnikasi haqidagi ta’limot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, o’simlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning Osmotik bosimi ularning suyuq muhitida erigan moddalarning kontsentratsiyasiga bog’liq. Osmotik bosim turg’unligi suv-tuz almashinuvi bilan ta’minlanadi. O’simliklardagi Osmotik bosim ularning o’sish sharoitiga bog’liq.