Ostgotlar

Ostgotlar (Ostgothi), ostrogotlar (Ostrogothi), greytunglar (Greutungi) — german kabilasi, gotlarnint Sharqiy tarmog’i. 3-asrda qora dengiz bo’yidagi dashtlar. Dnepr bilan don oralig’i, qisman Qrimga kelib joylashganlar. 4-asrning 2-yarmida yer-manarix boshchiligida qudratli qabila Ittifoqi barpo etishgan, bu ittifoq Ostgotlardan tashqari, boshqa german, shuningdek, skif-sarmat va slavyan qabilalarini birlashtirgan. 375 yil bu ittifoq gunnlar tomonidan tor-mor keltirilgan. Ostgotlarning asosiy qismi Gunnlar bilan birga g’arbga yo’l olib, Pannoniyaga joylashgan. 5-asr o’rtasida Attila vafotidan so’ng, Ostgotlar gunnlarga qarshi qo’zg’olon ko’tarib ularning hukmronligidan xalos bo’lganlar. 493 yil Ostgotlar Teodorix boshchiligida Italiyaga yurish kilib Ravenna shahrini egallaganlar va Ostgotlar qirolligini barpo etganlar. Qirollik tarkibiga Italiya, Sisiliya, Alp oldi rayonlari, Dalmasiya, 510 yildan esa Provans kirgan. Ostgotlarning asosiy qismi O’rta va shimoliy Italiyaga kelib joylashgan. Ostgotlar Vizantiyaga qarshi urushda mag’lubiyatga uchrab (552 yil), 60- yil boshiga kelib Ostgotlar qirolligi Vizantiya imperiyasiga tobe bo’lib, barham topgan.