Ostvald Vilgelm Fridrix
Ostvald Vilgelm Fridrix (1853.2., Riga — 1932.4.4) — nemis fizik-kimyogari. Dernt universitetini tugatgan (1875). Riga politexnika bilim yurti (1881 — 87), Leypsig universiteti (1887-96) professor, universitet qoshidagi fizik-kimyo instituti doktori (1898-1905), 1906 yilda Leypsig yaqinidagi Grossbotenda «energiya» laboratoriyani tashkil qilgan. Fizik-kimyo asoschilaridan biri. Elekt-rolitik dissotsiatsiya nazariyasi paydo bo’lganidan so’ng kislota-asosli kataliz nazariyasini taklif qilgan (1886-87). Binar elektrolitlar suyultirilgan eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi va reaktsiyaga kirishish qobiliyatining kontsentrasiyaga bog’liqligini ifodalovchi qonun (Ostvaldning suyultirish qonuni)ni ochgan (1888). Rangli indikatorlar nazariyasini olg’a surgan (1891). Nobel mukofoti laureati (1909).