Ostyakova Larisa Aleksandrovna

Ostyakova Larisa Aleksandrovna (1952.20.5, Chimkent viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1975). 1975 yildan Ohangaron shahridagi 3-, 1993-2002 yillarda 4-maktabda tarix o’qituvchisi. Darslarni ilmiy asoslangan, ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borgan.