Oy avtomatik stantsiyasi

Oy avtomatik stantsiyasi — oyni va kosmik fazoni tadqiq qilishga mo’ljallangan kosmik apparat (Ka). Oydagi fizik sharoitni tadqiq qilish, oy sathini o’rganish, oy jinslarining kimyoviy tarkibini aniqlash, mexanik xususiyatlarini tekshirish, temperatura o’zgarishini kuzatib borish, oyning magnit maydoni va radiatsiyasini o’rganish, Oydagi seysmik to’lqinlarni qayd qilish apparatlari va boshqa ilmiy apparatlar, ma’lumotlarni yerga uzatishga moslangan radiotelemetrik va televizion sistemalar bilan jihozlanadi. Oy avtomatik stantsiyasi va undagi apparatlar oydagi o’ziga xos sharoit (vakuum, temperaturaning katta diapazonda o’zgarishi va boshqalar) ga chidamli qilib yasaladi. Bortidagi apparatlar elektr energiyasini qisman Quyosh batareyasidan oladi. Birinchi Oy avtomatik stantsiyasi «Luna-9» yordamida 1966 yil 3 Fevralda oy sathiga qo’ndirildi. «Luna» (SSSR) va «Serveyer» (AKD11) tipidagi bir qancha kosmik apparatlar oyga qo’ndirilgan.