«O’ZBEKISTON TARIXI»
«O’ZBEKISTON TARIXI» — ilmiy-tarixiy jurnal. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti nashri. Jurnalga 1998 yil iyulda asos solingan. Uning 1-soni 1999 yil yanvarda chiqqan. Toshkent shahrida har 3 oyda 1 marta chop qilinadi (O’zbekcha va ruscha maqolalar birgalikda). «O’zbekiston tarixi» tarixchi mutaxassislar, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari va talabalari hamda O’zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan. Jurnaldagi «O’zbekiston davlatchiligi tarixidan», «Tarixda shaxslar», «Munozara va muhokama», «Yosh tadqiqotchi minbari», «Tarixiy atamalar», «Toponimika va tarix», «Tarixga yangi nigoh», «Tarixshunoslik», «Etnologiya masalalari» va boshqalar ruknlar ostida Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid ilmiy maqolalar e’lon qilinadi. Shuningdek, tarixchi olimlar ishtirokida Respublika va xorijda o’tkazilgan turli ilmiy anjumanlar va xalqaro konferentsiyalar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Bosh muharriri D. Alimova (2000 yildan). Adadi 462 nusxa (2005).