Pa-de-Kale

Pa-de-Kale, Duvr bo’g’ozi — Buyuk Britaniya oroli bilan Yevropaning materik qismi (Frantsiya qirg’oqlari) orasidagi bo’g’oz, shim. dengiz tomonidan La-Mansh bo’g’oziga kiraverishda. Antropogen davrida quruqlikning cho’kishidan vujudga kelgan. Eng kambar joyi (Duvr bilan Kale shaharlari orasida) 32 kilometr, eng chuqur joyi 64 metr. Yirik portlari: Duvr, Kale, Dyun- kerk. Duvr — Kale, Duvr—Dyunkerk, Duvr—Bulon o’rtasida parom qatnaydi.