Pagan

Pagan — myanmalarnnng birinchi davlati (11-13-asrlar). Poytaxti — Pagan shahri. Hozirgi Myanmaning deyarli barcha hududlarini o’z hokimiyatiga birlashtirgan. Anorata tomonidan asos solingan. 1057 yil Janubiy Birmadagi moi davlatlari birlashtirilishi bilan Pagan Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biriga aylangan. Davlat dini — buddizm. Paganda ulkan miqyosda ibodatxonalar qurilishi olib borilgan (5 mingga yaqin ibodatxona va pagoda), bu, ayniqsa, Chan- Zita hukmronligi davrida (1084-1112) avjga chiqqan. 13-asrga kelib ichki nizolar tufayli davlat tanazzulga uchragan. 1283 yil Kaungsin yonidagi jangda Myanma qo’shinlari mo’g’ullar tomonidan tor-mor etilgach, Pagan barham topgan.