Palermo
Palermo — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya viloyati va Palermo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 652,6 ming kishi (2001). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakat Janubda Neapoldan keyin 2-o’rindagi shahar. Tirren dengizi sohilidagi port (chetga tsitrus mevalar chikariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik va kema ta’mirlash, samolyotsozlik, qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo, yog’ochsozlik, tsement, oziq-ovqat, to’qimachilik, poyabzal, po’lat quyish, poligrafiya, tamaki, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Palermo — turizm markazi, kishki kurort. Har yili xalqaro yarmarkalar o’tkaziladi. Universitet (1777), nafis san’at akademiyasi, konservatoriya, rasadxona, Milliy galereya, arxeologiya, milliy, etnografiya va boshqa muzeylar, botanika bog’i, opera va drama teatrlari bor. Shaharga miloddan avvalgi 8-asrda finikiyaliklar tomonidan asos solingan. 14— 16-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.