Pallavlar

Pallavlar — Janubiy Hindistondagi Shimoliy Tamilnad hududida qadimda mavjud bo’lgan Pallavlar davlati (milodiy 3-9-asrlar) ni boshqargan sulola. Pallavlarning 3 sulolasi ma’lum (3-6- asrlar; 6-asr oxiri —8-asr o’rtalari; 8-asr o’rtalari — 9-asrlar). Pallavlar Narasimxa I davrida (7-asr) ravnaq topgan, u Vatapidagi G’arbiy Chalukyalarni tormor qilgan va Tseylon (hozirgi Shri Lanka)ga zafarli yurish uyushtirgan. Poytaxti — Kanchi shahri bo’lgan. 893 yil Pallavlar davlati chola davlati tomonidan tugatilgan. Pallavlar xonadoniga mansub vassal hokimlar 10-13-asrlarda ham bo’lgan.