Palmitin kislota, geksadekankislota

Palmitin kislota, geksadekankislota.SN (SN2)|4SOON — bir asosli to’yingan karbon kislota, rangsiz kristallar. Molekulyar modda 256,43; Suyuqlanish temperaturasi 62,9°, qaynash temperaturasi 105°, suvda erimaydi, spirt, benzol, atsetonda 20° da oz, 60°da yaxshi eriydi. Tabiatda keng tarqalgan to’yingan yog’ kislota. Barcha tabiiy yog’larda triglitserid holida uchraydi. Palma moyida 32-40%, soya moyida 6,5%, mol yog’ida 25%, cho’chqa yog’ida 30% Palmitin kislota bo’ladi. Palmitin kislota spermaset, asalari muminnng asosiy tarkibiy qismidir. Palmitin kislota tirik orga-nizmda koferment A ishtirokida biosintezlanadi. Palmitin kislota yog’dan sovunlanish reaktsiyasi asosida olingan kislotalar aralashmasini rektifikasiyalab yoki qayta kristallash yo’li bilan olinadi. Palmitin kislota yuvuvchi vositalar, surkov moylari va plasti-Fishtorlar olishda, tuzlari boshka kislota tuzlari bilan birgalikda emulgator sifatida kosmetik preparatlar va xo’jalik sovuni tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi efirlari bo’yoq va sintetik detergentlar olishda, stearin kislota bilan birgalikda sham tayerlashda qo’llanadi.