Pamfiliya

Pamfiliya — qadimda kichik Osiyoning Janubidagi (hozirgi Turkiyaning Janub) tarixiy viloyat. Axomaniylar davlati (miloddan avvalgi 6-asrdan), Aleksandr (miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmidan), Ptolemeylar, salavkiylar, Pergam davlatlari tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 133 yildan ular bilan birga Rimga bo’ysundirilgan. Milodiy 43 yil Likiya va Pamfiliya Rim provintsiyasini tashkil etgan.