Pandiron masjidi
Pandiron masjidi — Qashqadaryo viloyati Pandiron qishlog’idagi me’moriy yodgorlik (15— 16-asrlar). Masjid tepalikka qurilgan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqli, pastak gumbazli darvozaxonadan 3 gumbazli xonaga o’tiladi. Xonalar murabba tarqli (tashqi tomoni 12,5 x 11,6 metr, ichki tarhi 10×10 metr). Uch tomoniga qurilgan ayvonlar saqlanmagan. Xonalarning yon tomonlarida kichik ravoqli eshik, tepasiga tobadonlar ishlangan. Xonaqoh gumbazi (diametri 4,15 metr) qalqonsimon bag’allarga tayangan. Pandiron masjidi pishiq g’isht (26-27 x 5 santimetr) dan, ganch qorishmasida qurilgan. Pandiron masjidi o’ziga xos mahalliy me’morlik uslubi, mahobati va nisbati bilan ajralib turadi.