Pandus

Pandus (Fransuzcha pante douce— Nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvozasiga kiriladigan Nishab maydoncha; ba’zan zinapoya vazifasini o’taydi. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi shahar qal’a va ko’shklarga Panduslar orqali ko’tarilgan. Tog’lar orasida joylashgan turar joylarga maxsus Panduslar ishlangan (Samarqanddagi Xo’ja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati G’ilon qishlog’ida, Nurota tog’ etaklaridagi qo’rg’on va qal’alarga chiqishda, Surxondaryodagi «Bibishoy» ko’prigi, Buxoro arki darvozasi oldidagi Panduslar va boshqalar). Zamonaviy me’morlikda jamoat, sanoat binolari, transport inshootlari, garaj kabilar qurilishida Pandusdan foydalanilmoqda.