Panevejis

Panevejis (1917 yilgacha rasmiy nomi Ponevej) — Litvadagi shahar. Nyavejis daryosi (Nyamunas irmog’i) bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 132 ming kishi (1995 yil). Shaharning asosiy korxonalari: kineskop, kabel, avtokompressor, elektrotexnika, shisha, metall buyumlar, qand-shakar, aralash yem zavodlari, spirt, go’sht, sut va zig’ir tola kombinatlari, mebel va tikuvchilik fabrikalari. Drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. Panevejis 1503 yildan ma’lum.