Panorama

Panorama (Pan… va Yunoncha horama— ko’rinish) — tasviriy san’at turi; aylana tarxli zal devoriga gorizontal qoplab ishlangan kartina. Illyuziya yordamida vokeani jonli gavdalantirish maqsadida kartina oldiga butafor va Real narsalar (binolar, joylar, turli maketlar, kishilar, hayvonlar, narsalarning shakllari) joylashtiriladi. Panorama sun’iy yoritishga mo’ljallanadi. Tomoshabinlar Panoramani zal markazidagi maxsus maydonchadan ko’radilar. Dastlabki Panorama 18-asr oxirida (irland rassomi R.Barker tomonidan) yaratilgan, 19-asrdan keng tarqalgan, batal janridagi Panorama ommalashgan.