Parad

Parad (Fransuzcha — parade, ispancha — parade, lotincha — rago — tayyorlayman) — 1) rasmiy bayramlar munosabati bilan qo’shinlarning jangovar texnika bilan, fizkulturachilar (sportchilar) va boshqa jamoalarning tantanavor saf tortib o’tishi; 2) tsirk va teatrda — tomosha oldidan yoki so’nggida sahna (Arena)ga barcha qatnashchilarning umumiy chiqishi.