Paradizka, rayka

Paradizka, rayka (Malus pumila var. paradisiaca) — balandligi 2 metrgacha boradigan buta yoki daraxt; past bo’yli olma turi. Vatani — Zakavkaze. Olma daraxtlari uchun pakana payvandtag sifatida foydalaniladi. Parxish qilingan novdalari va qalamchasidan tez ko’payadi. Unga payvand qilingan daraxtlar pastak usadi (2,5—4 metr), 3-4 yildan muntazam va mo’l hosil bera boshlaydi. Paradizka tuproqning unumdorligiga talabchan, sovuqqa chidamsiz; yog’ochi va ildizi mo’rt.