Paragonit

Paragonit (Yunoncha Paragon — aldovchi; talkka juda o’xshash) — mineral, muskovit guruhiga mansub slyudalar. Kimyoviy tarkibi NaAl2[AlSi3O10] [ON, F]2. Monoklin singoniyali, yupqa plastinkasimon agregat tuzilishga ega. Qattiqligi 2-2,5. Zichligi 2,7—3,0 g/ sm3. Tashqi ko’rinishi muskovitdan farq qilmaydi. Slaneslar orasida uch-raydi. AQSh, RF (Ural), Shveytsariyada topilgan. Yirik kristallari izolyatorlar tayyorlashda ishlatiladi. O’zbekistonda Qorjontov tizmasidagi Oqtosh ikkilamchi kvarsitlari orasida ochyashil rangdagi mayda tangacha va zich agregat holatda uchraydi. G.da ishqorlardan Na2O ko’proq.