Parallaktik qurilma, ekvatorial qurilma

Parallaktik qurilma, ekvatorial qurilma — teleskopning optik o’qini olam o’qiga parallel qilib o’rnatishda ishlatiladigan qurilma. Bunda yoritkichlarning og’ish burchagini ko’rsatuvchi belgilar og’ish o’qiga perpendikulyar o’tkazilgan doiraga qo’yiladi. Teleskopni olam o’qi atrofida soat mexanizmiga o’xshash mexanizm aylantiradi. Hozirgi teleskoplarning ko’pchiligi Parallaktik qurilmali qilib yasaladi.