Pareskaya Marina Ivanovna

Pareskaya Marina Ivanovna (1946.28.12, Namangan shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). SamDUni tugatgan (1970). 1970 yildan Namangan pedagogika institutida, 1977 yildan Namangan shahridagi 5-, 6-maktabda ingliz tili o’qituvchisi, o’quv bo’limi mudiri, 1994-2001 yillarda 6-maktab-gimnaziyada ingliz tili o’qituvchisi. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tadi.