Paroxod

Paroxod (Paro… va ruscha xod — yo’l) — bug’mashinasi yoki bug’turbinasi harakatlantiradigan o’ziyurar kema. Yo’lovchi va yuk Paroxodlari bor. Bug’mashinasi o’rnatilgan birinchi yog’och Paroxod 1802 yilda Angliyada paydo bo’ldi. Rossiyada bug’mashinali birinchi Paroxod 1810 yilda qurildi. Peterburg bilan Kronshtadt orasida qatnagan (1915) «Elizaveta» Paroxodi dunyoda birinchi dengiz kemasi xisoblangan. Hozir, asosan, teploxodlardan foydalaniladi.