Parrandachilik
Parrandachilik — uy parran- dalarini etishtirish; chorvachiyaikning bir tarmog’i. P.ning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va go’sht; qo’shimcha mahsuloti — parran- da pati va pari. Parrandalarni so’yish va uni qayta ishlash chiqindilaridan em uni ishlab chiqariladi. Parranda go’ngi — qimmatli organik o’g’iti. P.da tuxum, asosan, tuxum yo’nalishidagi, qisman go’sht-tuxum va go’sht yo’nalishidagi to- vuq zotlari va krosslaridan olinadi. Go’sht etishtirish uchun go’sht beradigan tovuq, o’rdak, kurka, g’oz, tsesarka, go’sht kaptarlar ko’paytiriladi. Parranda go’shti etishtirishning asosiy manbai — broy-lerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va go’sht olinadi. P. bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hin-distoda paydo bo’lgan va keyincha- lik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. 18-19-a.larda Evropa, Osiyo va Ameri- kada uy parrandalarining ko’pdan-ko’p zotlari yaratildi. O’zbekistonda 1920-y.larning oxi- riga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xo- nadonlarda boqilgan. Respublikada P.ning q.x. tarmog’i tarzida rivojlani- shi 20-a.ning 20-y.lariga to’g’ri keladi. Birinchi P. fermalari 1929 y. Qo’qon sh. yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930 y. Tosh- kentda «O’zparrandainkubatormarkaz» tuzildi. O’sha yili respublikada dast- labki Kattaqo’rg’on inkubator styasi ishga tushirildi. O’zbekistonda P. Urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950 y. respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator P. styalari k-z va s-zlarda P. fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959 y. Buxoro inkubator P. stya- si negizida respublikada 1-Buxoro P. f-kasi tashkil etildi. 1960 y.dan esa in- kubator P. styalari 150-180 ming tovuq uchun mo’ljallangan Toshkent, O’rtasaroy, Samarqand, G’allaorol va Farg’ona P. f-kalariga aylantirildi. 1964 y.da Re- spublika qishloq xo’jaligi vazirligi tarkibida «O’zparrandasanoat» Respu- blika i. ch. birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, P. f-kasi, 12 naelchilik xo’jaligi, parrandalar kasalliklari bo’yicha respublika veterinariya lab. Va b. tashkilotlar ish olib bordi. 1958y.da O’zbekiston chorvachilik i.t. in-tida P. bo’limi, 1985 y.da geneti- ka-selektsiya styasi (1994-2003 y.larda «Naslparranda» ilmiy markazi) tash- kil etildi. 1992 y.dan respublikada go’sht yo’nalishida kurkachilikni rivoj- lantirish bo’yicha Isroilning «mad» firmasi b-n hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va Yangiyo’l (1995) P. f-kalari kurkachi- likka ixtisoslashdi. Germaniya, Belorus- siya, Isroil, Gollandiya, qo-zog’istondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxum- laridan jo’ja ochirish yo’lga qo’yildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996 y. 29 noyab.dagi «par-randachilik xo’jaliklarini kurka go’shti etishtirish uchun modernizasiya qilish to’g’risida» qaroriga ko’ra, xo-rijdan olingan kre- ditlar hisobiga kurkachilikka ixtisos- lashgan f-kalar soni ko’paydi. 2003 y. 4 sent.da Respublika vazir- lar Mahkamasining «parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori b-n «O’zparrandasanoat» uyushmasi tugatil- Di, uning tarkibiga kirgan aktsiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 P. f-kalari to’liq xususiylashtirildi. O’zbekistondagi xo’jaliklarda tovuq (tuxum, go’sht yo’nalishlari), go’sht uchun kurka, qisman o’rdak, g’oz, parhez ta- omlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, «Naslparranda» ilmiy markazida yaratilgan ikki ti- zimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi mos- lashgan, yiliga 240-250 donagacha tuxum qiladigan «O’zbekiston» Krossi etishti- riladi. I n t e n s i v P.ningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan bo’lib, yil davomida bir maromda tuxum va go’sht i.ch.ni ta’minlaydi. Par-randalar, aso- san, quruq aralash emlar b-n boqiladi. Aralash emga bo’lgan o’rtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklar- da boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun -54; go’sht olinadi- gan galalar uchun — 65; 2 oygacha bo’lgan broyler jo’jalar uchun — 4,7, tuxum olishga mo’ljallanadigan 5 oylikkacha bo’lgan jo’jalar uchun -11,8. O’zbekistonda 2000 y.da 1252,9 mln. dona tuxum etishtirildi, 14 mln. par- randa boqildi. Xorijiy mamlakatlarda P. juda ta- raqqiy etgan. AQSh, Kanada, Buyuk Brita- niya va b. bir kator mamlakatlarda yirik mexanizasiyalashgan korxonalar barpo etilgan. Jahonda 20-a.ning 80-y.lari oxiri- da 500 mlrd. donadan ortiq tuxum (eng kup AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Germa- niyada), 150 mln. t go’sht ( AQSh, Brazi- liya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya) ishlab chiqarildi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, jahon mamlakatlarida 14139 mln. tovuq, 244 mln. kurka boqiladi (1999). Yana q. Bedana, Kurka, Tovuk, G’oz, Tsesarka. Ad.: Razvedenie, Soderjanie i korm- Lenie ptisi, Per. s nem., 1972; Promish- lennoe ptisevodstvo, M., 1985; Azimov S, parrandachilikda naslchilik ishlari, T., 1982. Sayfiddin Azimov.