Parsek
Parsek (parallaks va sekunda) — astronomiyada Quyosh sistemasidan tashqaridagi osmon jismlarigacha bo’lgan masofani aniqlashda qo’llaniladigan o’lchov birligi. Qisqacha PK (xalqaro birligi RS) bilan belgilanadi. Bir Parsek 3,26 yorug’lik yiliga, 206,265 astronomik birlikka yoki 30,857-1012 kilometr gateng. 1 kiloparsek=103 parsek, 1 megapar-sek =106 parsek. Parsekda ifodalangan masofa yillik parallaksga teskari miqdor hisoblanadi. Masalan, 10 PK ga teng masofa 0,1″ parallaksga mos keladi.