Partiya
Partiya (musiqada) — 1) orkestr, xor, ansambl va boshqa asarlarning yakka sozanda yoki yakka xonanda ijro etadigan tarkibiy qismi. Musiqiy sahnaviy asarlarda Partiyalar, odatda, qahramonlar nomi bilan qo’shib aytiladi (masalan, «Layli va Majnun» operasida Qays Partiyasi); 2) sonata shaklidagi asarlarning asosiy mavzulari bayon etiladigan bo’lagi (masalan, bosh Partiya, yordamchi Partiya).