Passaj

Passaj (Fransuzcha passage — o’tish, yo’l) — 1) me’morlikda savdo-sotiq yoki shu kabi maqsadlarda qurilgan bino. Ikkala tomoniga do’konlar yoxud xizmat xonalari qavatma-qavat va yonma-yon joylashtirilib, o’rtadagi ochiq sahni oyna bilan yopiladi; 2) musiqada — tez o’tib ijro etiladigan, odatda, gamma yoki arpejioga asoslangan tovushlar izchilligi. Ko’pincha virtuoz asarlarda uchraydi.