PATENT
PATENT — (lot. “patents” guvohnoma, yorliq) -1 ) xususiy tarzda tadbirkorlikning biror-bir turi bilan shug’ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma, tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga mualliflikni tasdiqlovchi guvohnoma. Patent davlat tomonidan patentlashtiriladi. Masalan, savdo yoki hunarmandchilik bilan shug’ullanish huquqi. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida (joylarida) savdoni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo qilish huquqiga ega bo’lish uchun vaqtinchalik patentni sotib oladilar. Patentda uning berilish muddati (patent amal qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va savdo qilish joyi o’z aksini topgan bo’lishi lozim.