Payvandtag

Payvandtag — payvandust payvand qilinadigan o’simlik yoki uning qismlari. Payvand qilingan o’simlik ildiz sistemasi mevali daraxt uchun asos vazifasini o’taydi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston sharoitida Payvandtag sifatida olma uchun yovvoyi olma, dusen, paradija urug’ko’chatidan foydalaniladi. Nok uchun o’rmon va jaydari nok urug’ko’chatidan, behi va boshqalardan, o’rik uchun jaydari o’rik, shaftoli uchun uning jaydari xillari va bodomdan, gilos va olcha uchun ularning barcha turlari va kamxastakdan, olxo’ri uchun tog’olchaning urug’ko’chatlaridan foydalaniladi.