Pechakdoshlar
Pechakdoshlar (Convolvulaceae) -ikki pallalilar sinfiga mansub o’simliklar oilasi. Ko’pincha chirmashib o’suvchi Vt va butalardan iborat. Bargi ketma-ket joylashgan, guli iki jinsli, karnaysimon, yakka yoki kichik to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi — ko’sakcha. 1100 tacha turi (40 turkumi) ma’lum. Asosan, tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. O’zbekistonda pechak va karnaygul ko’p tarqalgan. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi.