PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA — ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shax- Sning maqsadga muvofiq rivojlanishi- ni, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbi- yalashning psixologik muammolarini o’rganadi. P.p.ning maqsadi — shart- sharoit va b. psixologik omillardan ke- lib chiqqan holda o’qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini kuchay- tirish. P.p. 19-a.ning 2yarmida vujud- ga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari P.p. rivojiga katta qissa qo’shganlar. P.p.ning fan sifati- da taraqqiy etishida o’sha davrda yuza- ga kelgan psixologik yo’nalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (q. Bixevi- orizm) psixologiya yo’nalishi tarbiyachi va o’quvchiga tashqi muhitning ta’sirini P.p. uchun asos qilib oladi. P.p. umu- miy va bolalar psixologiyasi, shuning- dek, pedagogika b-n uz-viy bog’liq. P.p., asosan, ta’lim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga bo’linadi. Ta’lim psi- xologiyasi D a o’quv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, xarakte-ri, qiziqishlari), o’quv predmetlarining o’ziga xos’tomonlari, ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va b. o’rganiladi. Hoz. zamon ta’lim psi-xologiyasida o’quvchilarga doimiy yangi- lanib turadigan axborotlarni mustaqil o’zlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni ta’minlaydigan tafakkur sifatlarini o’rganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy va- zifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi ma- salasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida axamiyat beriladi. P.p. tadqi- qotlari o’quv materiali mazmunini tan- lash, o’quv dasturlari, darsliklar tu- zish, ta’limning har xil bosqichlarida o’qitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim axamiyatga ega.