Pergola
Pergola (italyancha pergola — bostirma) — toqisimon qurilma, ishkom. Yogoch, metall, temir va boshqalardan ayvon, shiypon, galereya, yo’lak shaklida ko’rilib, chirmashadigan o’simliklar bilan ko’kalamlashtiriladi. 16-18-asrlarda Yevropa bog’-park san’atida kup foydalanilgan. Hozir madaniyat va istirohat bog’larida, xiyobonlarda, maktab, bog’cha va boshqalarda Pergoladan foydalaniladi.