Peridotit
Peridotit — o’ta asosli intru- Ziv tog’jinsi. Tarkibi, asosan, oli- Vin (40-90%), piroksen, ba’zan shox al-damchisidan iborat. P.da kremnezyom miqdori SiO2 44% dan oshmaydi. Shu- ningdek, ikkinchi darajali mineral sifatida magnetit, ilmenit, pirrotin, xromit, shpinel, granat va b., ba’zan PLA- Tina hamda ayrim nikel minerallari uchraydi. P. burmalangan mintaqalarda o’ta asosli va asosli tog’jinslari b-n birgalikda hamda alo-hida massivlar holida uchraydi. P. yuqori mantiyaning asosiy qismini tashkil etuvchi tog’jin- sidir. Hoz. tasavvurlarga ko’ra, P.ning barcha turlari mantiyadagi o’ta asosli magmaning mahsulidir. Ba’zan P. Bazalt magmasi differentsiasiyalanishining mahsuli bo’lib, gabbro massivlarining chekka fasiyalarini tashkil qiladi. P. to’q rangli jins, ko’pincha yashil yoki yashil kulrang bo’ladi. Ayrim paytda olivin va piroksenlar kuchli serpentinlashib, P. zmeevikka aylanadi. P.ning garsburgit (saksonit), verlit, vebsterit (lersolit) kabi turlari mavjud. P. boshqa o’ta asos- li va asosli tog’jinslari b-n birga kat- ta masofaga cho’zilgan mintaqa va zonalar hosil qiladi. Bunday joylarda xromit, platina va silikatli nikel ru-dalari, xrizotil-asbest, talk va b. Foydali qazilma konlari uchraydi.