Peron (Pieron) Anri

Peron (Pieron) Anri (1881.18.7 -Parij — 1964.6.11) — frantsuz psixologi va psixofiziologi. Sorbonnada T. Ribo va P. Jane (1859-1947) qo’l ostida ta’lim olgan. 1923 yildan kollej de Frans professor. Psixologiya instituti (1921) va Mehnat va kasbga yo’naltirish milliy markazi (1928) asoschisi. Sezgilar psixologiyasiga doir asarlar yozgan. Psixologiyadagi soxta ilmiy yo’nalishlarga va psixik jarayonlarni buzib tushuntirishga qarshi kurashgan.